922025-07-15 11:36
"Hokim va yoshlar" uchrashuvi Toshloq tumanida tashkil etildi



Toshloq tumanidagi 22-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi majlislar zalida ochiq muloqot tarzida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda oliy ta’lim muassasalari, texnikum va kasb-hunar maktablarining 60 nafardan ortiq bitiruvchi yoshlari ishtirok etishdi.
Tuman hokimi Abduqaxhor Djurabayev yoshlar bilan yuzma-yuz suhbatda bo‘lib, ertamiz egalari bo‘lgan yosh avlodga mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim, tadbirkorlik, kasb egallash va ish bilan ta’minlash sohalaridagi keng islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan berilgan savollar, taklif va murojaatlar yuzasidan aniq vazifalar belgilanib, ularning ijrosini ta’minlash uchun tegishli mutasaddilariga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Jumladan, ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash, amaliyot o‘tashga yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Toshloq tuman Bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan "Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi" tashkil etildi. Unda turli tashkilot va korxonalar ishtirok etib, bitiruvchilarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ish takliflari taqdim etishdi. Yoshlarga yo‘llanmalar berildi va ishlash istagidagi yoshlar bilan dastlabki muzokaralar o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuv yoshlar uchun muhim axborot manbai bo‘lib, ularning kelajakdagi maqsadlarini belgilash va to‘g‘ri yo‘l tanlashlarida ahamiyatli bo‘ldi. Toshloq tumani hokimligi tomonidan bu kabi tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib borilishi belgilangan.
Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan ochiq muloqot maydonini yaratib, ularning fikr-mulohazalari va tashabbuslarini amaliyotga tatbiq etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Fuqarolar muammosiga yechim – joylardagi sayyor qabulda
212025-07-15 15:58

492025-07-15 09:39

Quvada sanoat salohiyati kengaymoqda
1452025-07-13 19:17

Quvada ekoturizm salohiyati yuksalmoqda
1512025-07-13 17:47
