422025-07-15 09:39
Ayol — jamiyat tayanchi







Kandabuloq mahallasida xotin-qizlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Quva tumani Kandabuloq mahalla fuqarolar yig‘inida “Ayol — jamiyat tayanchi” mavzusida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi — ayollarning jamiyat va oiladagi o‘rnini mustahkamlash, erta turmush, ajrimlar, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ochiq mulohazalar olib borishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Matlubaxon Xolmatova, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i, Aqila ayollar Kengashi a’zolari, otin-oyilar, mahalladagi faol xotin-qizlar hamda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ayollar ishtirok etdi.
Muloqot davomida ayollarning oiladagi ma’naviy va ijtimoiy vazifalari, ularning farzand tarbiyasidagi o‘rni, oila mustahkamligini saqlash borasidagi mas’uliyatlari, ajrimlar oqibatida yuzaga keladigan muammolar hamda ularning oldini olishda ota-ona, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligining zarurligi haqida atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida uchrayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari tahlil qilindi. Bunday holatlarning kelib chiqish sabablari va profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqan otin-oyilar va mahallaning oqila ayollari tomonidan xotin-qizlarni ma’nan qo‘llab-quvvatlash, yosh qizlarni to‘g‘ri tarbiyalash, erta turmushga chiqish holatlariga qarshi kurashishda barcha darajadagi tashkilotlar hamkorligi muhimligi ta’kidlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

2102025-07-14 17:12

1922025-07-14 17:11

Quvasoy shahrida "Dolzarb 90 kun" doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
1882025-07-14 17:10


Quvasoy shahrida yangi loyihalar ishga tushirilmoqda
3142025-07-12 19:01

3142025-07-12 18:59