3242025-07-12 18:59
YOSHLAR BILAN UCHRASHUV








#Ochiq_muloqot
YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
Davlatimiz rahbarining 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan, yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar doirasida bitiruvchi yoshlarning faolligini oshirish, ularda tashabbuskorlik va vatan tuyg‘usini shakllantirish, shuningdek yosh mutaxassislarning jamiyatda munosib o‘rin egallashini, ularning bandligini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘rtasida ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvini o‘tkazish belgilandi.
✅Shunga ko‘ra, shahar hokimligi majlislar zalida oliygohlarda o‘qiyotgan hamda tamomlagan talabalar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
➡️Ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvda shahar hokimi o‘rinbosari Alisher Mamajonov, Farg‘ona Davlat universiteti rektori Bahodir Shermuhammadov, MMTB, Bandlikka ko‘maklashish markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda shahardagi tijorat bank filiallari mas’ullari ishtirok etishdi.
🟢Samimiy muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda shahardagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan ma’umotlar berildi.
⏺Yoshlarning taklif va muammolari tinglandi va mas’ullar tomonidan atroflicha javob berildi.
✅Shuningdek, tadbir yakunida bir qator yoshlarga shahar hokimligi tomonidan ishga joylashishda amaliy yordam ko‘rsatilishi, ularning mutaxassisligiga mos ravishda korxona va tashkilotlarga yo‘nalish berish rejalashtirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Литийли аккумуляторлар ишлаб чиқариш лойиҳасининг қурилишига старт берилди
2242025-07-14 16:40

Учкўприк тумани ҳокими олий таълим муассасалари битирувчилари билан учрашди
2162025-07-14 16:37

Farg‘onada “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi
30842024-11-14 15:05


Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
33072024-11-14 07:00