952025-07-13 17:47
Quvada ekoturizm salohiyati yuksalmoqda








Karkidon suv ombori hududida agroekoturizm majmuasi barpo etilmoqda
Quva tumanida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun yangi turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish borasida amaliyotga yo‘naltirilgan yirik tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Xususan, Karkidon suv ombori hududida ekoturizmni rivojlantirish maqsadida 100 gektar maydonda zamonaviy qiyofaga ega agroekoturizm majmuasi tashkil etilmoqda.
Umumiy qiymati 10 million AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur loyiha doirasida uzumchilik, chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishlarini qamrab olgan keng ko‘lamli ish rejasi tuzilgan. Jumladan 47 gektar maydonda uzumchilikni tashkil etish, 40 gektar maydonda qoramolchilik va 5 gektar maydonda baliqchilik tashkil etish rejalashtirilgan.
Bugungi kunga kelib, loyihaning amaliy bosqichi faol ravishda olib borilmoqda. Xususan, uzum bog‘i barpo etildi, shu bilan birga chorva uchun 50 gektar maydonda ozuqa ekinlari ekish ishlari amalga oshirildi.
Ekologik toza energiya manbai sifatida umumiy quvvati 5 megavatt bo‘lgan quyosh panellari ham 47 gektar maydonda o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Ayni paytda 18 gektar maydonda panellar to‘liq o‘rnatilib, qolgan 29 gektar hududda esa montaj ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
Bu kabi loyiha Quva tumani iqtisodiyoti, balki yashil turizm, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hamda energetikada barqarorlik kabi sohalarni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi.
Majmua faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng, ushbu hudud nafaqat mehmonlar uchun dam olish va ta’limiy turizm manzili, balki mahalliy aholi uchun ish o‘rinlari yaratilishining manbai ham bo‘ladi. Shu bilan birga, investisiyaviy jozibadorlik va zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini tatbiq etish imkoniyati kengayadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Литийли аккумуляторлар ишлаб чиқариш лойиҳасининг қурилишига старт берилди
552025-07-14 16:40

Учкўприк тумани ҳокими олий таълим муассасалари битирувчилари билан учрашди
492025-07-14 16:37

Farg‘onada “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi
29902024-11-14 15:05


Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
32082024-11-14 07:00