1092025-07-15 15:58
Fuqarolar muammosiga yechim – joylardagi sayyor qabulda





Quva tumanida fuqarolarning murojaat va muammolarini aniqlash, jismoniy hamda yuridik shaxslarning talab va takliflarini tinglash hamda ularga manzilli yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Tuman hokimi Xalimjon Umarov boshchiligida o‘tkazilgan ushbu sayyor qabul jarayonida aholi va tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan bevosita joyida yechim topish choralariga e’tibor qaratildi. Qabul davomida asosan ijtimoiy himoya, ishga joylashish, uy-joy, yer masalalari, tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqa sohalardagi muammolar ko‘tarildi.
Sayyor qabulda har bir murojaat alohida o‘rganilib, tegishli mas’ul tashkilot va idora rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, hal etilishi vaqt talab etuvchi murojaatlar esa nazoratga olindi.
Shuningdek, murojaatchilarga ularning huquq va majburiyatlari, mavjud imtiyozlar va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamlar haqida ham huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Литийли аккумуляторлар ишлаб чиқариш лойиҳасининг қурилишига старт берилди
2452025-07-14 16:40

Учкўприк тумани ҳокими олий таълим муассасалари битирувчилари билан учрашди
2392025-07-14 16:37

Farg‘onada “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi
30972024-11-14 15:05


Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
33232024-11-14 07:00