1752025-07-12 10:09
Hokim va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘rtasida ochiq muloqot








Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida tuman hokimi Anvarjon Abdullayev va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv kelajakda turli sohalarda ish boshlaydigan yoshlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Uchrashuvda qo‘shtepalik yoshlarning nafaqat muammolari muhokama etildi, balki ularga yechimlar ham izlandi. Hokimning yoshlar fikriga nisbatan diqqat bilan yondashuvi, har bir murojaatni shaxsan eshitishi uchrashuvning ahamiyatini yanada oshirdi. Aniq topshiriqlar, manzilli yondashuv va real yechimlarga intilish uchrashuvning asosiy yo‘nalishi bo‘ldi.
Uchrashuvda yoshlar faol ishtirok etishdi. Ular fikr bildirdi, savol berdi, tanqid qildi va taklif aytdi. Bu esa yoshlarning nafaqat tomoshabin, balki jarayonning to‘liq ishtirokchisi sifatida ko‘rilayotganini ko‘rsatdi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan har bir fikr hamda takliflar yuzasidan aniq vazifalar, mas’ullar va muddatlar belgilandi.
– Uchrashuvdagi ochiqlik va samimiy muhit menga juda yoqdi,–deydi bitiruvchi talaba Abdubannob Ergeshev. – Har bir fikrimiz tinglandi, ba’zi takliflarimiz joyidayoq qo‘llab-quvvatlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




