Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1832025-07-11 14:41

Toshloq tumanidagi 3- va 49-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish,

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2093911102573210.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2093911102574405.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2093911102575600.jpg
Yosh avlod ongida vatanparvarlik, yurtimizga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Sog‘ tanda – sog‘lom aql” nomli keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Farg‘ona davlat universiteti Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakultetining musiqa ta’limi va madaniyat kafedrasi dotsenti Inyamin Kirgizov tashrif buyurib, o‘quvchilar bilan samimiy muloqot uyushtirdi. U ta’limning yuqori bosqichlari, xususan, oliy ta’lim tizimidagi imkoniyatlar haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etdi hamda musiqaga qiziquvchi o‘quvchilar bilan do‘stona davra suhbati olib bordi. Tadbir doirasida maktabda faoliyat yuritayotgan to‘garaklar va ularning yo‘nalishlari, o‘quvchilarning ijodiy ishlari, shuningdek, “Dolzarb 90 kun” dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar haqida mehmonlarga batafsil ma’lumot berildi. To‘garak a’zolari tomonidan tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yini, shaxmat va shashka, voleybol kabi sport musobaqalari, taekvondo ko‘rgazmali chiqishlari hamda musiqiy va badiiy namoyishlar barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida mehmonlar, ota-onalar va ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlod tarbiyasida beqiyos ahamiyatga ega ekani alohida ta’kidlandi hamda o‘quvchilarga kelgusida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz