2132025-07-11 14:42
Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv maxsus tashkil etilgan joyda bo‘lib o‘tdi va unda turli sohalarda muammosi bor fuqarolar ishtirok etdi.



Fuqarolar tomonidan ish bilan ta’minlash, uy-joy, yer, tibbiy xizmat, yo‘l va infratuzilma, ta’lim hamda ijtimoiy himoya kabi muhim yo‘nalishlardagi masalalar ko‘tarildi. Hokim har bir murojaatni diqqat bilan eshitib, tegishli idora va tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar yukladi.
Murojaatlar yuzasidan zudlik bilan choralar ko‘rish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam berish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va boshqa masalalar bo‘yicha aniq yo‘nalish berildi. Ayrim muammolar joyida hal etildi, qolganlari bo‘yicha esa nazorat ishlari boshlab yuborildi.
Abduqahhor Djurabayev uchrashuv davomida: “Aholi dardini eshitish va yechim topish – hokimiyat uchun avvalambor mas’uliyat va insonlar ishonchini oqlashdir. Har bir murojaat ortida hayotiy zarurat bor, biz esa unga beparvo bo‘lmasligimiz kerak,” — deb ta’kidladi.
Bunday muloqotlar fuqarolarning muammolarini joyida aniqlash va tezkor hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Литийли аккумуляторлар ишлаб чиқариш лойиҳасининг қурилишига старт берилди
952025-07-14 16:40

Учкўприк тумани ҳокими олий таълим муассасалари битирувчилари билан учрашди
922025-07-14 16:37

Farg‘onada “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi
30142024-11-14 15:05


Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
32312024-11-14 07:00