2742025-07-15 22:00
Farg‘ona tumani "Marg‘ilon" mahallasida sanitar targ‘ibot ishlari olib borilmoqda



O‘zbekiston Respublikasi Saniatriya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Farg‘ona tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan "Marg‘ilon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yuqumli va mavsumiy kasalliklarning oldini olishga qaratilgan sanitar-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Targ‘ibot ishlari doirasida aholi xonadonlariga tashrif buyurilib, fuqarolarga shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, toza ichimlik suvidan foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va iste‘mol qilishda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, bolalar va keksalar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan mavsumiy kasalliklar, xususan, ichak infeksiyalari, virusli kasalliklar va ularning oldini olish usullari haqida ma‘lumotlar etkazildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Литийли аккумуляторлар ишлаб чиқариш лойиҳасининг қурилишига старт берилди
3232025-07-14 16:40

Учкўприк тумани ҳокими олий таълим муассасалари битирувчилари билан учрашди
3182025-07-14 16:37

Farg‘onada “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi
31522024-11-14 15:05


Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
33752024-11-14 07:00