2782025-07-15 20:44
Shohimardonda sayyor qabul: iste‘molchilar muammolariga echim izlandi




Raqobatni rivojlantirish va iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi hamda O‘zbekiston iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi hamkorligida Farg‘ona tumani "Shohimardon" mahallasda sayyor qabul o‘tkazildi.
Mazkur qabul mamlakatimizda aholi murojaatlarini o‘rganish, muammolarni joyida hal etish va ochiq muloqotni kuchaytirishga qaratilgan islohotlar doirasida tashkil etildi.
Qabul davomida mahalliy aholi va tadbirkorlar tomonidan past sifatli mahsulotlar sotilishi, baholarning asossiz ko‘tarilishi, iste‘molchilar bilan tuzilgan shartnomalarning buzilishi va shunga o‘xshash qator murojaatlar yo‘llandi.
Murojaatlar joyida tegishli tashkilotlar mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqildi, zarur hollarda huquqiy tushuntirishlar va maslahatlar berildi. Ayrim masalalar yuzasidan mavjud qonunchilik doirasida amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, qabul davomida iste‘molchilar huquqlari, tovar va xizmatlar sifati, adolatli raqobat tamoyillari haqida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Aholiga flaerlar tarqatildi hamda huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qiluvchi tavsiyalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Литийли аккумуляторлар ишлаб чиқариш лойиҳасининг қурилишига старт берилди
3182025-07-14 16:40

Учкўприк тумани ҳокими олий таълим муассасалари битирувчилари билан учрашди
3142025-07-14 16:37

Farg‘onada “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi
31502024-11-14 15:05


Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
33692024-11-14 07:00