772025-07-15 11:37
Toshloq tumani Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida turgan nazoratdagi shaxslar ishtirokida navbatdagi sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir tuman sudi hamda IIB hamkorligida tashkil etildi.



Tadbirning asosiy maqsadi — jazo muddatini o‘tayotgan va probatsiya nazoratida bo‘lgan shaxslarga huquqiy targ‘ibot berish, jinoyat uchun jazo muqarrarligi, qonun ustuvorligi, jamiyatda o‘z o‘rnini topish va qayta jinoyat sodir etmaslik kabi muhim masalalarni tushuntirishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuvda Probatsiya guruhi xodimlari tomonidan ma’ruzalar o‘qilib, jinoyat sodir etgan shaxslarning kelgusida to‘g‘ri yo‘lni tanlashi, mehnat va jamiyatga foydali faoliyat bilan shug‘ullanishi zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, jazodan keyingi ijtimoiy reabilitatsiya, qayta jinoyatchilikning oldini olish va ish bilan ta’minlash masalalari yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.
Sud majlisi davomida jazo muddatini o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab kelayotgan 2 nafar shaxsga nisbatan jazo yanada og‘ir turiga almashtirildi. Shu bilan birga, o‘zini ijobiy tomondan namoyon etgan, belgilangan tartibga rioya qilib, mehnatga halol munosabatda bo‘lgan 15 nafar mahkum shartli ravishda jazodan ozod etildi.
Bunday tadbirlar probatsiya nazoratida bo‘lgan fuqarolarga jamiyatga qaytib, unda munosib o‘rin egallash, o‘z hayotini qayta yo‘lga qo‘yishga katta motivatsiya bo‘ladi. Shuningdek, ularning huquqiy ongi va faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Toshloq tumanida bu kabi sayyor sud majlislari va huquqiy-ma’rifiy uchrashuvlar muntazam ravishda tashkil etilmoqda. Bu esa jinoyatchilikni kamaytirish, jamiyatda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda samarali mexanizmlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Литийли аккумуляторлар ишлаб чиқариш лойиҳасининг қурилишига старт берилди
1862025-07-14 16:40

Учкўприк тумани ҳокими олий таълим муассасалари битирувчилари билан учрашди
1812025-07-14 16:37

Farg‘onada “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi
30682024-11-14 15:05


Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
32882024-11-14 07:00