1842025-07-14 18:24
So'x tumanida “Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” bo'lib o'tdi





Davlatimiz rahbarining 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan o'tkazilgan uchrashuvda belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan, yoshlar o'rtasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularning muammolariga yechim topish, bandligini ta'minlash, tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash hamda davlat organlari va mahalliy hokimiyat bilan o'zaro muloqotini mustahkamlash maqsadida ochiq muloqotlar tashkil etish belgilangan edi.
Tuman madaniyat markazidagi majlislar zalida So'x tumani hokimi Sayidbaxrom Sayidmusayev Respublika oliygohlarini tamomlagan So'xlik bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi. Unda bitiruvchi yoshlar uchun yaratilayotgan va yaratilgan shart-sharoitlar haqida so'z yuritildi.
Shu bilan birga, bitiruvchi yoshlarning har birini bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilishini hokim ta'kidladi. Ta'kidlash joizki, oliygohni tamomlagan har bir yosh Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz kelajagi, xalqimiz farovonligi uchun astoydil mehnat qilishga bel bog'lagan.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Литийли аккумуляторлар ишлаб чиқариш лойиҳасининг қурилишига старт берилди
1532025-07-14 16:40

Учкўприк тумани ҳокими олий таълим муассасалари битирувчилари билан учрашди
1442025-07-14 16:37

Farg‘onada “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi
30402024-11-14 15:05


Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
32642024-11-14 07:00