Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1552025-07-14 14:49

Farg‘ona tumanida elektr ta‘minoti infratuzilmasi yangilanmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1752486472134.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1752486472130.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1752486472473.jpg
Farg‘ona tuman elektr ta‘minoti korxonasi tomonidan past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda transformator punktlarini joriy va mukammal ta‘mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, tuman hokimligi o‘rganishlari natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida tumanning “Shoximardon” va “Yordon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida joylashgan 313-sonli hamda 95-sonli transformator punktlari mukammal ta‘mirlandi. Ta‘mirlash jarayonida mutaxassislar tomonidan transformator moy sathi rostlanib, punktlar bo‘yaldi, shuningdek, 0,4 kVli chiqish qismlari to‘liq yangilanib, montaj ishlari bajarildi. Tuman elektr ta‘minoti korxonasi tomonidan belgilangan rejaga asosan boshqa hududlarda ham ta‘mirlash va yangilash ishlari davom etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz