512025-07-14 14:39
"Tozalik ostonadan boshlanadi" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi



Farg‘ona tumani kengashi raisi K. Tursunova tashabbusi bilan Sanoat hamda Mindonobod mahalla fuqarolar yig‘inida "Tozalik ostonadan boshlanadi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda mazkur hududda istiqomat qilayotgan fuqarolar, xususan, faol ayollar ishtirok etdilar. Suhbat davomida mahalla hududining ozoda va obod bo‘lishi, avvalo, shu yerda yashovchi aholi, ayniqsa ayollarning tashabbusi va faolligiga bog‘liqligi ta’kidlandi.
Shuningdek, yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish, ularga atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini singdirish zarurligi yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir ishtirokchilari tozalikka oid masalalarda o‘z taklif va mulohazalarini bildirib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida fikr yuritdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Литийли аккумуляторлар ишлаб чиқариш лойиҳасининг қурилишига старт берилди
112025-07-14 16:40

Учкўприк тумани ҳокими олий таълим муассасалари битирувчилари билан учрашди
122025-07-14 16:37

Farg‘onada “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi
29692024-11-14 15:05


Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
31912024-11-14 07:00