1592025-07-14 13:04
Voxim MFYda ikki ko‘chani bog‘lovchi ko‘prik qurilmoqda

Rishton tumanining Voxim mahalla fuqarolar yig‘inida infratuzilmani yaxshilash, aholining kundalik hayotini yengillashtirish va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida navbatdagi muhim loyiha amalga oshirilmoqda.
Ayni kunlarda ushbu mahallada ikki asosiy ko‘chani o‘zaro bog‘lovchi yangi ko‘prik qurilishiga kirishildi.
Mazkur ko‘prik aholining kundalik qatnovini osonlashtirib, ayniqsa, maktab o‘quvchilari, yoshi ulug‘ fuqarolar va transport vositalari uchun katta qulaylik yaratadi. Qurilish ishlari zamonaviy texnologiyalar asosida, belgilangan loyiha va sifat talablariga muvofiq olib borilmoqda.
Mahalla aholisi tomonidan iliq kutib olingan ushbu tashabbus hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham xizmat qilishi, shu bilan birga, obodonchilik va mahalla infratuzilmasini takomillashtirishda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Литийли аккумуляторлар ишлаб чиқариш лойиҳасининг қурилишига старт берилди
792025-07-14 16:40

Учкўприк тумани ҳокими олий таълим муассасалари битирувчилари билан учрашди
752025-07-14 16:37

Farg‘onada “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi
30072024-11-14 15:05


Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
32222024-11-14 07:00