2122025-07-13 00:10
Farg‘ona tumani “Do‘stlik” MFYda sayyor huquqiy qabul o‘tkazildi




Farg‘ona tuman Adliya bo‘limi tomonidan tumanning “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulda fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” shiori ostida firibgarlik jinoyatining oqibatlari va uning oldini olish, shuningdek 2025 yil 1 apreldagi PQ-133-sonli qaror – “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish” bo‘yicha ishtirokchilarga keng tushuntirishlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘onada “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi
29632024-11-14 15:05


Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
31842024-11-14 07:00