1342025-07-12 17:01
Oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari 14 iyuldan boshlanadi





Joriy yilda O'zbekiston davlat oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlari 14 iyuldan boshlanib, 23 iyulga qadar 2 smenada tashkil etiladi.
So'x tumanida ushbu jarayon 14 iyuldan 18 iyulga qadar tumandagi markaziy o'yingoh – “Sug'diyona” sport majmuasida bo'lib o'tadi.
Ayni paytda imtihonlarga tayyorgarlik ishlari izchil olib borilmoqda. Mutasaddi tashkilotlar tomonidan tayyorgarlik holati muntazam o'rganilmoqda.
“Sug'diyona” sport majmuasi tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan to'liq ko'zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko'rildi.
Ta'kidlash joiz, test sinovlari uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida barcha mutasaddi idoralar tomonidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Литийли аккумуляторлар ишлаб чиқариш лойиҳасининг қурилишига старт берилди
132025-07-14 16:40

Учкўприк тумани ҳокими олий таълим муассасалари битирувчилари билан учрашди
132025-07-14 16:37

Farg‘onada “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi
29712024-11-14 15:05


Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
31922024-11-14 07:00