4312025-07-09 15:17
Mahallada sayyor qabul o‘tkazildi







O‘zbekiston tumani hokimi Ravshanbek Begmatov ishtirokida fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va hal etish maqsadida bugun Abdurahmon Jomiy nomli mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda tuman prokurori Obidjon Sobirov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sodirjon Abdullayev, tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari Ulug‘bek Fozilov, tuman hokimining o‘rinbosarlari va mas’ul tashkilotlar vakillari ham ishtirok etdi.
Jarayonlarda fuqarolar tomonidan bildirilgan jami qirqdan ziyod turli yo‘nalishlardagi murojaatlar har tomonlama ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning ma’lum qismiga shu kunning o‘zida ijobiy yechim topildi. Muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa tegishli mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Литийли аккумуляторлар ишлаб чиқариш лойиҳасининг қурилишига старт берилди
792025-07-14 16:40

Учкўприк тумани ҳокими олий таълим муассасалари битирувчилари билан учрашди
742025-07-14 16:37

Farg‘onada “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi
30072024-11-14 15:05


Viloyatimizda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
32222024-11-14 07:00